AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik yigit Koreyada vafot etdi

'Qashqadaryolik yigit Koreyada vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Koreya Respublikasida O`zbekiston Respublikasi fuqarosining vafot etgani, uning jasadini Vatanga qaytarish uchun yordam so`ralgani haqida xabarlar tarqaldi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi tomonidan o`rganishlar natijasida ma`lum bo`lishicha, 1996 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, qariyb 4 yildan buyon ushbu davlatda ishlab kelayotgan fuqaro T.J. sog`lig`i yomonlashgani (yurak xuruji) oqibatida 2022 yilning fevral oyida vafot etgan.

Vafot etgan fuqaro bilan bog`liq tashkiliy masalalar asosan uning do`stlari ko`magida amalga oshirilgan va uning jasadini O`zbekistonga qaytarishda amaliy yordam ko`rsatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar