AsosiyJamiyat

Navro`z bayramida barcha o`zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

'Navro`z bayramida barcha o`zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?'ning rasmi

Yo`q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo`ladi, deya yozmoqda huquqshunos bloger Xushnudbek.

Izoh:

“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Prezident qaroriga asosan 22-23 mart kunlari ish haftasining turidan qat`i nazar barcha xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga ko`ra, Navro`z bayrami munosabati bilan:

  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo`ladi:

  • 19 mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
  • 20 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
  • 21 mart, dushanba — Navro`z bayrami, barchaga dam olish kuni;
  • 22 mart, seshanba — barcha uchun qo`shimcha dam olish kuni;
  • 23 mart, chorshanba — barcha uchun qo`shimcha dam olish kuni.

    Boshqa yangiliklar