Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda O`zbekistonga 63 ta davlatdan qiymati qariyb 1,6 mlrd. AQSh dollariga teng bo`lgan farmasevtika mahsulotlari import qilingan.
Farmasevtika mahsulotlari importi hajmi 2020 yil bilan solishtirilganda 437 mln. AQSh dollariga oshgan.
2021 yilda O`zbekiston eng ko`p farmasevtika mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
- Hindiston – 300,8 mln
- Xitoy – 290,6 mln
- Rossiya – 145 mln
- Ukraina – 86 mln
- Germaniya – 78 mln
- Vengriya – 74 mln
- Latviya – 68,5 mln
- Turkiya – 66 mln AQSh dollari






