O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, 2022 yil 8-16 mart kunlari kutilayotgan yog`ingarchiliklar sababli respublikaning tog`li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo`rg`on, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Sherobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qo`shrabot, Payariq, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung`ur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Forish, G`allaorol, Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron. Bo`stonliq tumanlarida;
Namangan viloyati: Chust, Pop tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona tumanlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi.
"Tog`li va tog`oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raymiz", - deyiladi xabarda.






