Evropada gaz narxi yana bir bor o`zining tarixiy maksimalini yangiladi va har ming kub metr uchun 3000 dollardan oshdi. Bu haqda London birjasi ICE Futures ma`lumotlari asosida, "Interfaks" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, aprel fyucherslari narxi 7 mart kuni savdolar ochilishida ming kub metr uchun 2367 dollarni tashkil etgan bo`lsa, tez orada 3266 dollargacha ko`tarildi.
Fevral oyida TTF uchun o`rtacha narx ming kub metr uchun 935 dollarni tashkil etgan.
Evropada gaz narxi 2021 yilning bahoridan beri oshib bormoqda. Boshlang`ich savdolarda gaz narxi 250-300 dollarni tashkil etgan bo`lsa, dekabr oyida ularning narxi birinchi marta 2000 dollardan oshib ketgandi.






