AsosiyJamiyat

8 mart bayramida shaxsiy byudjet uchun 8 muhim maslahat

'8 mart bayramida shaxsiy byudjet uchun 8 muhim maslahat'ning rasmi

 Markaziy bank "Moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departamenti" Bosh iqtisodchisi Kamilla IBRAGIMOVA yordamida bayramga oid 8 muhim maslahatni taqdim etamiz.  

Bayramga ham juda oz vaqt qoldi. Agar yodingizdan ko`­ta­rilgan bo`lsa, sizda hali ham biroz vaqt va yaxshi sovg`ani tanlash imkoniyati mavjud. Ushbu sakkiz maslahat bayramga tayyorgarlik ko`rishingizga katta yordam beradi va asosiysi byudjetingizni saqlab qoladi.

Byudjetingizni rejalashtiring

Rejalashtirish har qanday tejamkorlikning asosidir, chunki bu byudjetimizga salbiy ta`sir ko`rsatadigan impulsiv xaridlardan bizni saqlab qoladi. 8 mart nafaqat oilangiz uchun sovg`alar, bundan tashqari, bayramona stol, hamkasblarning tabriklari, yaqinlaringiz bilan uchrashuvlardir. Kelajakdagi barcha xarajatlarni 3-4 ta asosiy guruhga bo`ling va har bir guruh ichida nima sotib olishingiz kerakligi ro`yxatini tuzing.

Sovg`alar ro`yxatinituzib chiqing

Go`zal ayollar kunida har birimiz biz uchun aziz bo`lgan barcha ayollar/qizlar/opa-singillarning orzularini amalga oshirishni xohlaymiz. Lekin siz o`z harakatlaringizni to`g`ri taqsimlashingiz kerak, buning uchun siz “Pareto qonuni”dan foydalanishingiz mumkin. Ya`ni byudjetning 80 foizini sovg`alarning 20 foiziga sarflamang, aksincha qiling.

Oldindan xaridlarni amalga oshiring

Albatta, barchamizda yaqinlarimiz uchun sovg`alar tanlashda g`oyalar mavjud. Mavsumiy chegirmalardan foydalaning va sizga kerak bo`lgan hamma narsani iloji boricha arzon narxda sotib oling. Albatta, siz bayram aksiyalari bo`yicha ham ajoyib takliflarni topishingiz, ammo tanlov oldindan sotib olish kabi yaxshi bo`lmasligi ham mumkin.

Narxlarni solishtiring

Kichik chakana savdo nuqtalarida tovarlarning narxi katta savdo markazlaridan farq qilishi mumkin. Ba`zan narxlarda bir-ikki barobargacha tafovut kuzatiladi. Bayram shov-shuvlariga berilmasdan, kerakli narsalarni darhol sotib olmang – avval barcha takliflarni solishtirganingiz ma`qul.

Qarz olishdan saqlaning

Yaqinlarimizga sovg`a tanlashda biz har doim eng yaxshi va eng yuqori sifatlisini sotib olishni xohlaymiz. Shuning uchun do`stlardan qarz olish, chakana savdo do`konlari tomonidan taqdim etilgan bo`lib to`lashdan foydalanish yoki kredit olishga majburiyat paydo bo`ladi. Esda tutish kerak bo`lgan asosiy narsa shundaki, har qanday qarz mablag`lari o`z vaqtida to`lanishi kerak bo`lgan majburiyatdir.

Kichik narsalar har doim ham muhim emas

Do`kon javonlari esdalik sovg`alari, bayram ramzi bo`lgan mayda narsalar bilan to`la bo`ladi, lekin ularni sotib olishga shoshilmang. Bayram belgilariga ega bo`lgan tovarlarga qiziqish doimo ortib boradi. Natijada ularning narxi qimmat bo`lmasa ham, ammo bu byudjetingizga ta`sir qiladi.

Muqobil takliflardan foydalaning

Yaqinlaringizni tabriklashning muqobil usullarini ko`rib chiqishingiz ham sovg`a bo`lishi mumkin. Shunday qilib sovg`a sotib olish o`rniga o`zi uchun “imkoniyat” hadya qilishingiz mumkin. Misol uchun yosh onaga yoki buvisiga kunni bolasi bilan o`tkazishni taklif qilish mumkin. Shunda ular o`z navbatida o`zlari uchun vaqt ajratishlari va shunchaki dam olishlari mumkin. Shuningdek, siz oilangizga onlayn omonat ochish va uni har bir bayram uchun ma`lum miqdor bilan to`ldirishda yordam berishingiz mumkin.

SovG`a sertifikatlarini ko`rib chiqing

Ba`zi chakana savdo do`konlari sovg`a sifatida ma`lum miqdordagi sovg`a uchun mo`ljallangan karta yoki sertifikat berishni taklif qilishadi. Bu juda foydali, chunki bu mahsulot turi, rangi va o`lchami bilan bog`liq tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

 

Ushbu maslahatlar sizga byudjetni qanday yuritish va xarajatlarni hisobga olishni o`rganishga yordam beradi, oqibatda barcha bayramlar siz uchun  rejali va foydali bo`lishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar