O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining navbatdagi axboroti e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovise aeroporti orqali 428 nafar O`zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga etgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo`layotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan bigra, Moldova Respublikasi hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.






