AsosiyJamiyat

27 nafar bemor... O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish keskin pasaydi

'27 nafar bemor... O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish keskin pasaydi'ning rasmi

​Kasallanishlar soni keskin pasaydi: kecha yurtimizda 27 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

2022 yil 7 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236994 (+27) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Andijon viloyatida,

2 nafari Buxoro viloyatida,

1 nafari Navoiy viloyatida,

3 nafari Namangan viloyatida,

3 nafari Samarqand viloyatida,

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

4 nafari Surxondaryo viloyatida,

2 nafari Xorazm viloyatida,

5 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 234197 (+84) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 3 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar