Fevralm oyi oxiridan beri ikki milliondan ortiq odam Ukrainani tark etdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar bo`yicha oliy komissari Filippo Grandi ma`lum qildi.
“Ukrainadan kelgan qochqinlar soni ikki millionga etdi. Ikki million!” deb yozgan Grandi.
Avvalroq BMTning Qochqinlar bo`yicha boshqarmasi Ukrainadan kelgan qochqinlarning aksariyati Polsha bilan chegarani kesib o`tgani, qolganlari Vengriya, Moldova, Slovakiya va boshqa Evropa davlatlariga ketgani haqida xabar bergan edi.






