Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomonini yana muloqotga chaqirib, Donbass respublikalari va Kiev nazorati ostida bo`lmagan boshqa hududlar masalasida murosaga borishga tayyorligini ma`lum qildi.
"Men xavfsizlik kafolatlari haqida gapiryapman. O`ylaymanki, biz Rossiyadan boshqa hech kim tomonidan tan olinmagan vaqtinchalik bosib olingan hududlar va tan olinmagan respublikalar bo`yicha muzokaralar olib borishimiz hamda murosaga kelishimiz mumkin", dedi Zelenskiy Amerikaning ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
“NATOga kelsak, men ancha vaqt oldin NATO Ukrainani qabul qilishga tayyor emasligini anglaganimdan keyin bu masalaga qiziqishimni yo`qotdim. Alyans Rossiya bilan qarama-qarshilik va mojarolardan qo`rqadi”, degan u.






