AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 6 mln kishidan oshdi

'Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 6 mln kishidan oshdi'ning rasmi

Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 447 892 494 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda

Pandemiya boshlanganidan buyon 6 007 324  kishi vafot etgan.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 339 202  nafar, vafot etganlar soni 960 311 nafarni tashkil qildi.

Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 971 308 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 515 210 ni tashkil qiladi.

Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 29 077 831 kishi kasallangan, ulardan 652 648 kishi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar