AsosiyDunyo

Bayden Rossiyadan neft, gaz va energiya importini taqiqladi

'Bayden Rossiyadan neft, gaz va energiya importini taqiqladi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlari Rossiyadan energiya sotib olishni to`xtatadi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma`lum qildi

"Bugun men Qo`shma Shtatlar Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini nishonga olayotganini e`lon qilaman: biz Rossiya nefti, gazi va energetikasining barcha importini taqiqlaymiz. Bu Rossiya nefti endi Amerika portlarida qabul qilinmaydi, degan ma`noni anglatadi", dedi u jurnalistlarga. .

“Ushbu chora Kongressda ikki partiya vakillari va butun Amerika xalqi tomonidan katta qo`llab-quvvatlandi”, dedi u.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti bu qaror amerikalik iste`molchilarga ta`sir qilmasligini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar