McDonald's Rossiyadagi barcha restoranlarni vaqtincha yopish va mamlakat bozoridagi faoliyatini to`xtatish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
"Kompaniya ushbu qaror mahalliy xodimlar va hamkorlarga qanday ta`sir ko`rsatishini tushunadi, shuning uchun ularni, xususan, maoshlarni to`lashni davom ettirish orqali qo`llab-quvvatlaydi", dedi McDonald's korporasiyasi bosh direktori bayonotida.
Ma`lumot uchun, McDonald's Rossiyada 850 ta tez ovqatlanish restorani, 62 ming xodimi va yuzlab mahalliy etkazib beruvchi xizmatlari hamda hamkorlari bor.






