Akademik V.Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro`z bayrami munosabati bilan plastik va estetik xirurgiya bo`yicha hamda jigar, o`t qopi, o`t yullari va oshqozon osti bezi xastaliklari bo`yicha bepul aksiyalar bo`lib o`tadi. Bu3 haqda SSV Matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tibbiy aksiyalar 14–19 mart kunlari soat 8:00 dan 18:00 gacha bo`lib o`tadi.
Plastik va estetik xirurgiya yo`nalishida mammoplastika, abdominoplastika, blefaroplastika va rinoplastika yo`nalishlarida hamda rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari (tendoplastika va chandiqli deformasiya plastikasi) bo`yicha konsultasiyalar o`tkaziladi.
Malakali mutaxassislar plastik jarrohlik uchun ko`rsatmalar va qarshi ko`rsatmalarni aniqlash, amaliyotdan keyingi reabilitasiya va tiklanish kabi qator masalalarda bemorlarga yuzma-yuz tarzda ko`mak va maslahatlar berishi kutilmoqda.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilar aksiya doirasida o`t-tosh kasalligi, o`t yo`llari jarohatlari va chandiqli torayishlar, jigar va oshqozon osti bezi o`smalari, jigar transplantasiyasi kabi masalalarda o`z sohasining tajribali mutaxassislaridan maslahat olishlari, kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo`yicha bepul tekshiruvlardan o`tishlari mumkin bo`ladi.
Belgilangan muddat davomida konsultasiya olgani kelgan fuqarolardan mavjud bo`lgan tibbiy hujjatlari (ko`chirmalar, tahlillar, elektron axborot tashuvchi vositalar, shu jumladan, kompakt-disklar)ni o`zlari bilan olib kelishlari so`raladi.
Murojaat uchun telefonlar:
+998 712304914
+998 712304560
+998 712304548
Manzil: Toshkent shahar, Kichik Xalka yo`li ko`chasi, 10.
Mo`ljal: Chilonzor metrosi. Poliklinika, 6 kabinet.
"Yandeks xarita"da joylashuvi: 41.273246, 69.210407






