FVV bergan xabarga ko`ra, bugun, soat 11:45 da Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Otkamar” MFYda noqulay ob-havo sharoiti natijasida 3 nafar fuqaroni yashin urgan.
Voqea oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, ikki nafar fuqaroning biriga tibbiy yordam ko`rsatilib, ambulator davolanishga ruxsat berilgan. Ikkinchi fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
O`z navbatida, fuqarolardan noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlik choralariga amal qilish so`ralmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Qashqadaryo viloyati osmonida kamdan-kam kuzatiladigan tabiat hodisasi sodir bo`lgani xabar qilingan edi.






