«Toshkent» aeroportining mahalliy aviayo`nalishlar terminalida ikkinchi A321neo NX havo kemasini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda kompaniya Mutbuot xizmati xabar berdi.
UK32103 ro`yxatga olish raqamini olgan A321neo NX havo kemasi “Uzbekistan Airways” ekipaj a`zolari – Maksim Shulepin va Nagay Evgeniy boshqaruvida olib kelindi.
Mazkur samolyot Evroosiyo qit`asi bo`ylab deyarli to`la yuk bilan parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, O`zbekiston poytaxtidan ancha uzoq bo`lgan Toshkent – London, Toshkent – Seul, Toshkent – Kuala Lumpur kabi yo`nalishlarda qatnovni amalga oshiradi.
Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonnani tashkil etadi. Shuningdek, samolyot 23 ming kg tijorat yuklarini tashishi imkoniyati mavjud. Havo kemasi sahnida 188 yo`lovchi o`rindiqlari, ulardan biznes-klass – 16 va ekonom klassida 172 o`rindiqqa ega.
Shuni ham aytish joiz, aviakompaniya havo kemalari parkini unifikasiyalash “Uzbekistan Airways ” AJda transformasiya jarayonlarini jadallashtirish bo`yicha «yo`l xaritasi»da belgilab berilgan. Aviakompaniya yangi yo`nalishlarni ochishni, Evropa va Osiyo mamlakatlariga avvalgi mashhur bo`lgan yo`nalishlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Havo parkini yangi A321neo LR havo kemalari bilan to`ldirish esa ushbu muammolarni hal qilishda yordam beradi.






