AsosiyJamiyat

Ko`p qavatli turar joy binolarining yarim erto`la qismida yashash xonadonlari quriladi

'Ko`p qavatli turar joy binolarining yarim erto`la qismida yashash xonadonlari quriladi'ning rasmi

AOKAda Qurilish vazirining birinchi o`rinbosari Davron Adilov, vazir o`rinbosari Nasrullo Babaev, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari Alijon Soatov ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta`minlash va «Yangi O`zbekiston» massivlarini qurish bo`yicha Prezident farmonlari ijrosi yuzasidan ma`lumot taqdim etildi.

Prezidentimizning 2021 yil 9 dekabrda qabul qilingan Farmoniga ko`ra, 2022 yilda uy-joylar qurish bo`yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan. Xususan, Farg`ona viloyatining Bog`dod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda kompleks tarzida “Yangi O`zbekiston” massivlarini qurish ko`zda tutilgan.

Farmon bilan 29 ta massiv ro`yxati tasdiqlandi.

Buning uchun 1015 gektar er maydoni ajratilgan.

Qurilish ishlarida ko`p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik ob`ektlarini joylashtirish bo`yicha bosh reja loyihalari ham  ishlab chiqildi. Dastur doirasida 21 312 ta xonadonli 619 ta uy, 18 ta maktab, 24 ta bog`cha, 15 ta oilaviy poliklinikalarni qurish rejalashtirilgan.

Uy-joylarning tan narxini kamaytirish maqsadida qurilish tashkilotlariga sement, metall mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda berilishi bo`yicha imtiyozlar yaratildi.  Shu bilan birga, mazkur uy-joylarni qurilishi uchun xorijiy davlatlardan qurilish texnikalarini olib kirilishida bojxona to`lovlaridan ozod qilindi.

Bundan tashqari, har bir hududning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib, massivlarda daraxtlar ekish va ko`kalamzorlashtirish ishlariga ham alohida e`tibor qaratilmoqda.Hududlarda quriladigan ko`p qavatli uylarning energiya samarador namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan va Qurilish vazirligining veb-saytiga joylashtirilgan.

Uylar qurilishida reytingi 3 ta “S” va undan yuqori pudrat tashkilotlari ishtirok etadi.  Tanlangan massivlarda uy-joylarni qurish uchun ajratilgan er maydonlari 619 ta lotlarga bo`linib, bugungi kunda 491 tasining arxitektura rejalashtirish topshirig`i ishlab chiqilgan, 479 ta er uchastkalari auksion savdolariga qo`yilgan, 158 tasi sotilgan.

Bugungi kunda tanlangan massivlarning barchasida qurilish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, ko`p qavatli turar joylarning erto`la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo`lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflarin inobatga olgan holda qayta ko`rib chiqildi.

Jumladan, bosh loyiha institutlari tomonidan 5,7,9,12 va 16 qavatli turar joy binolarining yarimerto`la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo`yicha namunaviy loyihalari ishlab chiqildi.  Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan.

Ko`p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi "Energiya tejamkor devorbop to`suvchi konstruksiyalar. Binolar qurilishida avtoklavli silikatli gazobeton konstruksiyalarini qo`llash" nomli O`zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqildi. Mazkur standart Qurilish vazirligining 2021 yil 28-dekabrdagi Texnik kengashidan muhokamadan o`tkazildi Qurilish vazirligining rasmiy veb-saytida (www.uy-joy.mc.uz) uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokasiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, ko`p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqalarni o`z ichiga olgan elektron ma`lumotlar bazasi yaratildi.

Ushbu portal ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub`ektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko`p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo`lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarni shartlari to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali bilan integrasiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar