AsosiyDunyo

Ukrainada olti yo`nalishda evakuasiya yo`laklari ochildi

'Ukrainada olti yo`nalishda evakuasiya yo`laklari ochildi'ning rasmi

Ukrainada tinch aholini evakuasiya qilish chorshanba kuni oltita gumanitar yo`lak bo`ylab amalga oshiriladi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o`rinbosari – Nazorat qilinmagan hududlarni reintegrasiya qilish vaziri Irina Vereshuk ma`lumotiga tayanib Qalampir ma`lum qildi.  

“Harbiylar bugun soat 09:00 dan 21:00 gacha o`t ochishni to`xtatishga rozi”, deya ma`lum qildi Irina Vereshuk bugun, 9 mart kuni bo`lib o`tgan brifingda. 

Uning so`zlariga ko`ra, evakuasiya uchun o`t ochishni to`xtatish tartibi quyidagi yo`nalishlarda joriy etilmoqda:  

•    Energodar — Zaporoje;
•    Sumi — Poltava;
•    Mariupol — Zaporoje,; 
•    Volnovaxa — Pokrovsk;
•    Izyum — Lozovaya.  

Shuningdek, Kiev viloyatining Vorzel, Bucha, Borodyanka, Irpen, Gostomel aholi punktlaridan Kiev yo`nalishida.

    Boshqa yangiliklar