AsosiyJamiyat

Samarqandda bir fuqaroni ikki avtomobil bosib ketdi. Holat yuzasidan ma`lumot berildi (video)

'Samarqandda bir fuqaroni ikki avtomobil bosib ketdi. Holat yuzasidan ma`lumot berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda piyoda ishtirokida  YTH sodir bo`lgani haqida xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, 6 mart kuni soat 21:50 larda, Samarqand shahri, Firdavsiy ko`chasida joylashgan "Ilxom" choyxonasining qarshisida haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan Sh.A. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1977 yilda tug`ilgan O.B.ni urib yuborgan. 

Shundan so`ng, bir yo`nalishda ortidan harakatlanib kelayotgan "Cobalt" avtomobili erda yotgan ushbu fuqaroni bosib o`tgan.

Natijada, piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar