AsosiyDunyo

Rossiyadan Qirg`izistonga uchib kelgan samolyotda bomba borligi aytilmoqda

'Rossiyadan Qirg`izistonga uchib kelgan samolyotda bomba borligi aytilmoqda'ning rasmi

Bugun, 9 mart kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadan Qirg`izistonga uchib kelayotgan samolyotda bomba borligi haqida xabar paydo bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qirg`izistondagi “Manas” aeroporti tomon harakatlanyotgan samolyotdagi yo`lovchilardan biri qo`l sumkasida bomba borligini aytgan. Ushbu sayohatchi Rossiya fuqarosi.

Yo`lovchilar samolyotni tark etgan, tegishli idoralar o`z joyida. Hozirda ushbu aeroport o`rab olingan. Bu haqda 24.kg portali ma`lumot berdi.

Ayni damda “Manas” aeroportiga qo`shimcha polisiya kuchlari va kinologlardan iborat sapyorlar etib borgan.

    Boshqa yangiliklar