AsosiyJamiyat

Andijonda 4 qavatli binoning tom qismi butunlay qulab tushdi

'Andijonda 4 qavatli binoning tom qismi butunlay qulab tushdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda yangi domning tomi uchib tushdi!" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Ushbu videolavha yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, Andijon shahar Yorboshi MFY Nayman ko`chasida joylashgan 4 qavatli bino tom qismi butunlay qulab tushgan. 

Fuqarolarning halok bo`lishi va tan jarohat olishi kuzatilmagan. Voqea joyiga Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi jalb etilgan. 

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, holat bo`yicha Andijon viloyati FVB va 1050 qisqa raqamiga xabar kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar