AsosiyJamiyat

Navro`z munosabati bilan Toshkentda ommaviy bayram tadbirlari o`tkaziladi

'Navro`z munosabati bilan Toshkentda ommaviy bayram tadbirlari o`tkaziladi'ning rasmi

Sharq donishmandlari: “Xalqning yaxshiligi uning tabiatidadir”, deydilar. Har bir xalqda o`z hayotini rang-barang, hissiy jihatdan boy qilish istagi odamlar hayotini bezatgan, yangi hayotga umid baxsh etadigan turli bayramlar, marosimlar, urf-odatlarlar xizmat qilgan.

Tabiatning yangilanishi, yangi kun paydo bo`lishi ramzi bo`lgan, bahorgi tengkunlik kunida nishonlanadigan Navro`z asrlar qa`ridan bizgacha etib kelgan ana shunday umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga o`z munosabatini bildiradi.

Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil bo`lish, bag`rikenglik, do`stlik va hamjihatlik ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini o`zida mujassam etganini alohida ta`kidlash lozim. Bu yuksak fazilatlar bugungi kunda yanada chuqur ma`no va ahamiyat kasb etmoqda.

Ko`p asrlar davomida Sharqning ko`plab xalqlar tomonidan e`zozlangan va qadrlangan Navro`z bayramining katta ahamiyatini inobatga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020-yilda 21-martni Xalqaro Navro`z kuni deb e`lon qildi.

Bu yil O`zbekistonda Navro`z keng nishonlanadi, buning uchun hukumat qarori bilan mamlakat fuqarolariga bahorgi tengkunlik bayramini oila davrasida nishonlash uchun 5 kunlik dam olish kuni belgilandi.

Xalq sayillari formatida o`tkazilayotgan – “Assalom, Navro`z – yangilanish va ezgulik, qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida umumxalq sayillari yuqori darajada o`tkaziladi.

Toshkent shahrida 19-23-mart kunlari “Navro`z” etnoparkida ommaviy bayram tadbirlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Dasturda taniqli san`atkorlar, yosh estrada ijrochilari va raqs jamoalari, sport ustalari, badiiy havaskorlar va folklor jamoalarining chiqishlari, yosh hunarmandlarning ko`rgazmalari, shuningdek, rang-barang lazer shoularidan iborat kechki madaniy dastur o`rin olgan.

Tadbirga ilk bor 100 ta tandir jalb etilib, unda 10 000 dona mazali somsa, an`anaviy sumalak, palov va boshqa milliy taomlar tayyorlanadi.

Bayram dorbozlarning yorqin chiqishlari, Toshkent sirki artistlari, bolalar shou guruhlari va yurtimiz yulduzlarining chiqishlari bilan tashrif buyurganlarga ko`tarinki bahoriy kayfiyat ulashadi.

    Boshqa yangiliklar