AsosiyJamiyat

Navoiyda radiaktiv modda sotuvchi shaxslar qo`lga olindi

'Navoiyda radiaktiv modda sotuvchi shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

4 mart kuni viloyat IIB boshlig`i nomiga Navbahor tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan “Qizil simob” va “Radiy” moddalarining 50 ming dollardan sotilayotgani bo`yicha ariza kelib tushgan. Bu haqda Zamon xabar bermoqda. 

Arizaga binoan tegishli tashkilotlar tomonidan 5 mart kuni tumanning “Qalqonota” MFY hududida tezkor  tadbir o`tkazilgan. Shartli ravishda xaridor sifatida jalb etilgan fuqaro gumonlanuvchilarga 50 ming dollar miqdorida pullarni berib, ulardan “Radiy Ra 226 02 5” yozuvli 1 dona shisha ichiga joylashtirilgan 250 gramm radioaktiv moddani olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar