AsosiyJamiyat

Krasnodar o`lkasiga ishga ketib, pasportsiz va pulsiz qolgan o`zbekistonliklar muammosi hal etildi

'Krasnodar o`lkasiga ishga ketib, pasportsiz va pulsiz qolgan o`zbekistonliklar muammosi hal etildi'ning rasmi

Ular bir muddat avval issiqxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mazkur hududga jo`nab ketadi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi buni qayd etmoqda.

Unga ko`ra, agentlikning Samara shahridagi vakolatxonasiga Krasnodar o`lkasidagi issiqxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o`zbeklar maoshlari berilmayotgani va fuqarolik pasportlari olib qo`yilgani yuzasidan murojaat qilgan.

Ularning muammolarini hal qilish maqsadida vakolatxona tomonidan Kurgansk tumani polisiya bo`limi bilan hamkorlikda vaziyatni o`rganilib, pasport, patent, migrasion kartalari ish beruvchilardan olib berilgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar