AsosiyDunyo

Rossiyada IELTS imtihonlarini o`tkazish vaqtincha bekor qilindi

'Rossiyada IELTS imtihonlarini o`tkazish vaqtincha bekor qilindi'ning rasmi

IELTS ingliz tilini bilish darajasini baholash xalqaro tizimi Rossiyadagi barcha imtihonlarni bekor qiladi, deb yozadi "Kommersant".

Gazetaning yozishicha, test topshirishni rejalashtirgan rossiyaliklar "tashqi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi tufayli" imtihonlar bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan.

"Tashqi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi natijasida Rossiya Federasiyasida IELTS imtihonlari egalari – British Council & Cambridge Assessment English qarori bilan barcha IELTS imtihonlari sessiyalari to`xtatildi”, deyiladi IELTS maktubida.

Nashrning yozishicha, test sinovlari tashkilotchilari imtihon uchun to`langan mablag`ni unga tayyorgarlik kurslariga o`tkazishni taklif qilmoqda. Aks holda, pul aqtinchalik muzlatilishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar