Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani hokimi yordamchisi fuqarodan firibgarlik yo`li bilan pul olgan vaqtida qo`lga olindi.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro tumandagi “Yangiobod” mahallasi hududida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hokimlik orqali er maydoni olmoqchi bo`lgan. Hokim yordamchisi esa unga mahalla hududidan stadion va sport majmuasi qurish uchun “E-auksion” orqali tuman hokimligi zaxirasida bo`lgan 60 sotix er maydonini tanishlari orqali olib berishda yordam berishi mumkinligini aytgan. Evaziga fuqarodan 5 million 500 ming so`m pul talab qilgan.
U DXX tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.






