Kuni kecha O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o`tkazdi.
Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, tomonlar turli masalalar, shu jumladan, Ukraina va Afg`onistondagi vaziyatni ham muhokama qilgan.
O`zbekiston TIV ma`lumotlariga ko`ra, uchrashuvda shuningdek, “S5+1” shakli doirasida mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlariga alohida e`tibor qaratilgan.






