AsosiyJamiyat

Tojikistonlik «narkokurer» bilan savdoni yo`lga qo`ygan urgutlik shaxslar qo`lga olindi

'Tojikistonlik «narkokurer» bilan savdoni yo`lga qo`ygan urgutlik shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Zangiota tumani hududida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 9 kg 100 gr. “opiy” giyohvand moddasini 54 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aniqlanishicha, ular muqaddam tojikistonlik narkokur`er tomonidan kontrabanda yo`li bilan Urgut tumani hududiga o`tkazilib, xufiyona joyga yashirib qo`yilgan ushbu giyohvand moddani xaridorga berib, undan olingan pul mablag`ini tojikistonlik narkosavdogarga etkazib berishlari evaziga 2700 AQSh dollari olishlari kerak bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar