Qirg`iziston va Tojikiston chegarasida chegarachilar o`rtasida otishma bo`ldi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Tojikiston chegara qo`shinlari qirg`iz chegarachilaridan hududni tark etishni talab qilib, marshrutni o`zgartirib, yangi chegara qo`riqlash chizig`iga kirgan.
Qirg`iziston tomonidan jabrlanganlar va jarohatlanganlar yo`q. Chorkuh chegara qishlog`i aholisining aytishicha, qirg`iz chegarachilari qishloqning bir necha aholisiga qarata o`q uzgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bir kishi halok bo`lgan.






