AsosiyDunyo

Istanbulning g`ayrioddiy tajribalari namoyish etilmoqda

'Istanbulning g`ayrioddiy tajribalari namoyish etilmoqda'ning rasmi

Dunyoning eng ko`zga ko`ringan sayohat maskanlaridan biri bo`lgan Istanbul o`zining g`ayrioddiy san`at va madaniyati, gastronomiyasi va xarid qilish tajribasini uchta reklama roligida namoyish etadi. “Istanbuldagi ta`m – yangi urf”, “Istanbulda xarid qilish – yangi urf” va “Istanbuldagi san`at – yangi urf” mavzularida shaharning ko`zga ko`ringan tomonlariga diqqat qaratilgan. Ushbu 24 soat davomida gavjumligi va energiyasini yo`qotmaydigan  shaharning ko`p qirrali ekanini ta`kidlab, videolar barcha yoshdagilar va farqli didlarga murojaat qiladi.

 2021-yil Istanbulda turli etakchi nashrlar tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada dunyoning eng yaxshi shaharlaridan biri deb topildi. Aslida, Istanbul xalqaro ommaviy axborot vositalarida chop etilgan so`rovlar va “eng zo`r shaharlar” ro`yxatida doimiy ravishda yuqori o`rinlarda turadi. Poytaxtdagi san`at, oshxona va xaridlarga qaratilgan uchta yangi reklama roligida Istanbul yanada kengroq auditoriyaga tanishtiriladi.

  “Istanbuldagi ta`m – yangi urf”, “Istanbulda xarid qilish – yangi urf” va “Istanbuldagi san`at – yangi urf” deb nomlangan reklama roliklarida bu jonli va rang-barang shaharni turli xil taassurotlarni taqdim etuvchi mashhur manzil sifatida ko`rsatiladi. Reklamalar 178 mamlakatda televideniya va ommaviy axborot vositalarida namoyish  etiladi.  

 Deyarli har bir tumanida tashrif buyuruvchilarga turli xil sarguzashtlarni taqdim etuvchi Istanbul tarixiy inshootlar xazinasi - shaharning qadimiy o`tmishidan qolgan meros va tobora kengayib borayotgan san`at va madaniyat sahnasidir. “Istanbuldagi san`at-yangi urf” asari “Dunyoning sakkizinchi mo``jizasi” deb hisoblangan Ayasofiyaga ishora qilib, shaharning betakror tarixiga bag`ishlangan. Film, shuningdek, zamonaviy san`at muzeylari bilan birga o`tgan yili yangilangan holda qayta ochilgan Otaturk madaniyat markaziga ham e`tibor qaratadi. Bundan tashqari, "Uxlamaydigan shahar" zamonaviy Istanbul san`at ko`rgazmasi va Bey og`lu Madaniyat Yo`nalishi festivali kabi yil davomida keng qamrovli san`at va madaniyat tadbirlari taqvimiga ega.            

          Istanbuldagi lazzat-yangi urf: har bir ko`chada turli xil lazzatlar

   Istanbul taomlari doimo yuqori baholangan. Ushbu shaharni shakllantirgan ko`plab sivilizasiyalar ta`sirida Istanbul oshxonasi shaharni kashf qilish uchun ajoyib sababdir. “Istanbuldagi ta`m – yangi urf” Evropa va Osiyo chorrahasida joylashgan ushbu shaharning turli gastronomik an`analariga e`tibor qaratadi. Film restoranlarda va mashhur kafelarda, ba`zilari kechki ovqatda, Bosfor bo`g`oziga qaragan restoranlarda mazali taomlar tasvirida taqdim etiladi. Filmda turk qahvasi va lokum shirinligi bilan birga dunyoga mashhur baklava va gullach kabi shirinliklar ham yoritilgan. Ko`fte, kabob va do`ner kabi mazali taomlar, ko`chadagi simit sotuvchilari, mashhur turk nonlari shular jumlasidandir. Shaharning son-sanoqsiz ajoyib taomlari va xalqaro oshxonalari ham taqdim etilgan bo`lib, Istanbul unutilmas oshpazlik tajribasini va`da qilishiga shubha yo`q.    

          Istanbulda xarid qilish - yangi urf: Global savdo markazi Istanbul

    Turkiyaning eng yirik va rivojlangan shahri bo`lgan Istanbul, tarixiy bozorlardan tortib do`konlargacha bo`lgan keng xarid imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dunyodagi eng qadimiy yopiq savdo markazlaridan biri bo`lgan Grand Bazaar esa, tashrif buyuruvchilarga haqiqiy xotiralarni uyga olib kelish imkoniyatini taqdim etadi: qo`lda to`qilgan gilamlar, qo`lda bo`yalgan keramik idishlar, an`anaviy choy to`plamlari va boshqa qiziqarli suvenirlar, Turkiyaning iste`dodli dizaynerlari tomonidan ochilgan butiklar garderoblaringizga o`ziga xos buyumlar qo`shishga taklif qiladilar. Bundan tashqari, shahar bo`ylab keng ko`lamli savdo va ko`ngilochar majmualar mavjud.

        

    Boshqa yangiliklar