Saudiya Arabistoni Podshohligi Aviasiya Boshqarmasi “GACA” Podshohlikka keluvchi yo`lovchilar uchun “Covid-19” bilan bog`liq ba`zi cheklovlarga o`zgartirish kiritdi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita xabar bermoqda.
Endilikda, Koronavirus mavjud emasligi haqidagi manfiy natijaga ega bo`lgan QR-kodli PZR test ma`lumotini SAPga kirishda taqdim etish tartibi bekor qilinmoqda.
“Umra-2022” mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun safardan oldin olinadigan PZR test ma`lumotini taqdim etish tartibi bekor qilinganini ma`lum qilamiz.
Eslatib o`tamiz, Umra dasturida safar qiluvchi ziyoratchilar koronavirusga qarshi quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan bo`lishi talab etiladi:
- Pfizer/BioNTech;
- Oxford-AstraZeneca;
- Moderna;
- Johnson & Johnson;






