AsosiyJamiyat

Ayrim oilalar bog`cha to`lovidan ozod etiladi — Prezident yangi farmon imzoladi

'Ayrim oilalar bog`cha to`lovidan ozod etiladi — Prezident yangi farmon imzoladi'ning rasmi

Prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda MTV xabar bermoqda.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan boshlab:

a) boquvchisini yo`qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga to`lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;

3 yoshgacha bo`lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratiladi;

b) to`liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalarni pullik xizmat ko`rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

v) kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o`z huzurida maktabgacha ta`lim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi.

    Boshqa yangiliklar