O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni hamda “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo`linmalari tuzilmasini tasdiqlash to`g`risida”gi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo`linmalari tuzilmalari yangidan tasdiqlanganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo`linmalarining rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi.
Shaxobiddin Sharofiddinovich Musaev O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikasiyalar va axborot ochiqligini ta`minlash masalalari shu`basi mudiri etib tayinlandi;
Sherzod Abdurasulovich Karimov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o`rinbosari - Ta`lim tizimini rivojlantirish masalalari shu`basi mudiri etib;
Doniyor Saitkulovich Ermatov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatining Bolalarni himoya qilish masalalari shu`basi mudiri etib.






