AsosiyJamiyat

“Ibratli oila” ko`krak nishoni ta`sis etildi

'“Ibratli oila” ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonga ko`ra, aliment to`lovchining boshqa qarzdorligi bo`lganda, qarzdordan undirilgan mablag`lar aliment to`lovlari bo`yicha qarzdorlik to`liq qoplangandan so`ng boshqa qarzlariga o`tkaziladi.

 Aliment to`lashdan bo`yin tovlayotgan va qidiruvga e`lon qilingan shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.

 Quyidagilarni belgilovchi qonun ishlab chiqiladi:

  • aliment bo`yicha qarzdorlik bartaraf etilgunigacha:
  •  qarzdorning transportini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
  •  qarzdorga lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo`lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko`rsatmaslik;
  • aliment bo`yicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.

MIB huzurida “Aliment to`lovlari” davlat maqsadli jamg`armasi tashkil etiladi va unga 50 milliard so`m ajratiladi.

 Aliment to`lovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni bo`lmaganda jamg`armadan aliment to`lovlari to`lab beriladi hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.

Farmonga ko`ra, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo`shgan oilalar uchun “Ibratli oila” ko`krak nishoni ta`sis etildi hamda u 15 may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar