AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Erondan iliq va nam havo kirib kelishi kutilmoqda

'O`zbekistonga Erondan iliq va nam havo kirib kelishi kutilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 10 -16 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so`ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet ma`lum qildi.

11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

11 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

12 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

13 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

14 martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

15-16 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi.

10-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

10 mart va 13-16 martda Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;

11-12 mart va 15-16 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar