AsosiyJamiyat

Nurafshon IIB xodimlari kasbiy sinov jarayonida yo`l qo`ygan xatosi yuzasidan izoh berildi (video)

'Nurafshon IIB xodimlari kasbiy sinov jarayonida yo`l qo`ygan xatosi yuzasidan izoh berildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar IIB xodimlari bilan bog`liq holat aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibi Bobur Tulyaganov izoh berdi.

Bugun internet orqali Nurafshon shahrida IIB xodimlari bilan o`tkazilgan kasbiy tayyorgarlik bo`yicha sinovlar jarayonining bir qismi yashin tezligida tarqaldi.  

Videoda shahar IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi boshlig`i va IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari sinov jarayonida AK-74 o`qotar qurolini yig`ishda xatoga yo`l qo`yganligi ko`rinadi.  

Afsuski, videoda faqatgina ushbu vazifani bajara olmaganlar namoyish etilgan. Real jarayonda esa, qurolni to`liq va noto`liq qismlarga ajratish, yig`ish, o`q otish vazifalarini maksimal va a`lo darajada bajargan xodimlar nisbati 90 foizni tashkil qilgan.

IIBB Kasbiy tayyorgarlik bo`limi tomonidan 100 foiz shaxsiy tarkib o`rtasida xodimlarning kasbiy bilim mahorati (test), jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda quroldan foydalanish (qisimlarga ajratish yig`ish va o`q otish) bo`yicha maxsus sinovlar o`tkazildi.  

Ushbu sinovlarni 95 foiz xodimlar muvaffaqiyatli bajarganlar, ayrim yo`nalishlar bo`yicha o`ta olmagan 5 foiz xodimlarning 3 foizi qayta topshirish natijalariga ko`ra vazifalarni bajargan.  

Ko`p sonli shaxsiy tarkibning 2 foizi esa vazifalarni qayta o`zlashtirish maqsadida maxsus malaka oshirish markaziga yuborilishi belgilangan.

Bu kabi nazorat sinovlaridan pirovard maqsad esa aholimiz xavfsizligi va jamoat tartibini ishonchli ta`minlashga qaratilgan.  

Hurmatli fuqarolar, sizning xavfsizligingiz ishonchli qo`llarda, biz ijtimoiy tarmoqlar orqali o`tkazilgan sinovlar natijalarining asosiy, katta qismini tashkil etgan holatlarni namoyish etishga tayyormiz. Xulosa o`zingizdan, — deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar