Tojikistonning Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh Tursunzoda tumanida sel tufayli ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda sputniknews.ru ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Tursunzoda qishloqlarining birida tog`da chorva boqayotgan ikki yoshni hududda kuzatilgan kuchli jala yog`inlardan hosil bo`lgan sel oqizib ketgan. Qurbonlarning jasadi 4 km pastlikdan topilgan.
2 nafar 18 yoshli yigit tog` oldi yaylovida o`tlash bilan shug`ullanib, o`tlab ketayotgan mollarini olib ketmoqchi bo`lgan, ammo qochib qutula olmagan.
Shuningdek, yomg`irlar Qoratog` daryosi va Mulloshodi kanalida suv sathining oshishiga sabab bo`lgan.
Hozirda favqulodda hodisa joyida maxsus komissiya ishlamoqda, oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






