AsosiyJamiyat

Namanganda avtomobil o`g`irlagan 25 yoshli bola qo`lga olingan

'Namanganda avtomobil o`g`irlagan 25 yoshli bola qo`lga olingan'ning rasmi

Namanganda 1997 yilda tug`ilgan bola "Tiko" rusumli avtomashinani o`g`irlab ketgan. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha,  9 mart kuni soat 07:51 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro viloyat IIB 102 tizimi operatoriga qo`ng`iroq qilib, shu yil 8 mart kuni soat 21:00 larda, ishonch qog`ozi bilan boshqaruvida bo`lgan "Tiko" rusumli avtomashinani yashash uyi oldiga qo`yib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma`lum shaxs avtomashinasini olib ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hududida «To`sib ushlash» maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni jiyani, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etib, avtomashinani Namangan shahrida yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan buvisini yashash uyi hovlisiga olib borib qo`yganligi aniqlanib, avtomashina jarima maydoniga tortilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2022 yil 9 mart kuni Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar