AsosiyDunyo

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 450 milliondan oshdi

'Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 450 milliondan oshdi'ning rasmi

Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 451 611 588 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda

Pandemiya boshlanganidan buyon 6 022 199  kishi vafot etgan.

Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 406 602  nafar, vafot etganlar soni 963 819 nafarni tashkil qildi.

Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 980 067 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 515 459 ni tashkil qiladi.

Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 29 198101 kishi kasallangan, ulardan 653 767 kishi vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar