AsosiyJamiyat

Toshkentda to`xtatilgan "Spark" haydovchisi qidiruvda bo`lib chiqdi

'Toshkentda to`xtatilgan "Spark" haydovchisi qidiruvda bo`lib chiqdi'ning rasmi

2022 yil 10 mart kuni Mirzo Ulug`bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi N.Yuldashev tomonidan, Gulsanam ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomobil to`xtatildi. Haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan Sh.K.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 28 dekabr kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.K. Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar