Andijon shahrida 10 kun muddatda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo`lgan avtomaktab o`qituvchisi ushlandi. Bu haqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Vatanparvar” tashkilotining Andijon avtomobil maktabi o`qituvchisi Sh.S. fuqaro M.ga tanishlari orqali 10 kun muddatda “E” toifadagi haydovchilik guvohnomasini o`quv darslariga qatnashmasdan olib berishni va`da qilib, evaziga 3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.