Qashqadaryo viloyatida 10 ming 234 gektar paxta-g`alla ekiladigan hosili past bo`lgan er maydonlari zahiraga qaytarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i G`ayrat Hamroev Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, Qashqadaryo viloyatida paxta-g`alla ekiladigan hosili past bo`lgan er maydonlarini tuman hokimligining zahira er fondiga qaytarish hamda davlat ro`yxatidan o`tkazilib, Dehqon xo`jaligi uchun paxta-g`alla erlaridan zahiraga qaytarilishi lozim bo`lgan 10 ming 234 gektar erlaridan 6 ming 244 gektar er maydonlari viloyat hokimining qarori bilan zahiraga olingan. Shundan, 736 ta 5 ming 424 gektar er maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilib, “E-IJARA” dasturiga yuborilgan. 3 ming 990 gektar er maydonlari fermer xo`jaliklar foydalanishida bo`lgan erlardan qaytarish bo`yicha viloyat Qishloq xo`jalik boshqarmasi hamkorligida ishlar olib borilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda «E-IJARA» axborot tizimida 78 ta lotlardan iborat 173 gektar er maydonlari tashkilotlar (Davlat kadastrlari palatasi, Suv xo`jaligi boshqarmasi va Qishloq xo`jalik boshqarmasi) kelishuvida turibdi.
413 ta lotlardan iborat 378 gektar er maydonlari tuman hokimliklari tomonidan tasdiqlangan va auksion savdolariga chiqarish jarayonida.
«E-AUKSION» elektron savdo platformasiga dehqon xo`jaligi uchun Qashqadaryo viloyati bo`yicha 11 ming 542 ta lotlarga bo`lingan holda 7 ming 050 gektar er maydonlari Elektron auksionlarni tashkil etish markaziga yuborilgan.
Shundan 3 ming 648 ta lotlardan iborat 1 ming 323 gektar er maydonlarini (o`rtacha 30-40 sotix er maydonlaridan to`g`ri keladi.) auksion savdolari orqali g`oliblari aniqlangan.