Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo`limi hamda DXX xodimlari hamkorligida Samarqand shahri va Pastarg`om tumanlarida oradagi kelishmovchiliklarni “razborka” orqali hal qilmoqchi bo`lgan guruhlar qo`lga olindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tezkor xodimlar tomonidan 2022 yil 4 mart soat taxminan 20:30 larda Samarqand shahar Ogahiy ko`chasida, bir guruh shaxslar o`rtalaridagi o`zaro kelishmovchilikni janjal orqali hal qilmoqchiligi to`g`risida tezkor ma`lumot olingan va ushbu guruhlarning ommaviy janjal qilishining oldi olingan.
Shuningdek, Pastdarg`om tumanidagi Juma shahri hamda Arabxona mahallalarida yashovchi 15 nafar sportchilar tomonidan “Samarqand-Juma” yo`nalishdagi avtoshox bekatni zo`ravonlik va o`zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallash maqsadida, “razborka” ya`ni ko`cha yo`li bilan hal qilish hamda maqsadida yig`ilgan vaqtida qo`lga olinib, ularning faoliyatiga chek qo`yildi.
Holat bo`yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






