AsosiyDunyo

Vengriyada birinchi bor ayol nomzod prezident etib saylandi

'Vengriyada birinchi bor ayol nomzod prezident etib saylandi'ning rasmi

2022 yil 10 mart kuni Vengriya Milliy majlis (parlament) deputatlari mamlakat prezidentini sayladi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, saylovda Vengriyaning oila, yoshlar va xalqaro munosabatlar vaziri Katalin Novak prezident etib saylandi.  

Katalin Novak Vengriya tarixidagi ilk ayol prezident bo`ldi. Parlamentda 199 nafar deputatdan 137 nafari Katalin Novakni yoqlab ovoz berishdi. Saylovda K.Novakning asosiy raqibi 80 yoshli iqtisodchi Peter Rona bo`ldi.  

Ma`lumot uchun: Vengriyada prezident parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. K.Novakka qadar mamlakatni 2012 yil saylangan Yanosh Ader boshqarib kelgan.

    Boshqa yangiliklar