Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbari raisligida videoselektor yig`ilishi boshlangani haqida xabar berdi.
“Bugungi o`zgaruvchan sharoitda iqtisodiyotimizni barqaror o`sishini ta`minlashning eng samarali yo`li – ichki imkoniyatlarni ishga solish, ya`ni import bo`layotgan tayyor mahsulotlarni o`zimizda ishlab chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishdan iborat.
Bu milliy iqtisodiyotimizning ustuvor yo`nalishi bo`lishi kerak.
Buni o`ylamagan, atrofdagi vaziyatdan bexabar, siyosatni tushunmaydigan hokim yoki tarmoq rahbarining ishlashga haqqi yo`q”, dedi davlatimiz rahbari.
37 trillion so`mlik yangi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha 2022-2023 yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo`yicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini so`rash vaqti kelgani qayd etildi.
Prezident ko`p tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqarashini o`zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qildi.