AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi vaziri va uning o`rinbosari bir oyda sohada o`zgarish qilmasa, ularga qat`iy choralar ko`riladi

'Qishloq xo`jaligi vaziri va uning o`rinbosari bir oyda sohada o`zgarish qilmasa, ularga qat`iy choralar ko`riladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.

Yig`ilishda Qishloq xo`jaligi vaziri J.Xodjaev va uning o`rinbosari  A.Asomov oziq-ovqat sanoati bo`yicha bir oy muddatda o`zgarish qilmasa, ularga qat`iy choralar ko`rilishi ta`kidlandi.

“Ochiq aytish kerak, mahalliy sanoatimiz ilm va innovasiyadan ajrab qolgani sababli ko`plab korxonalar yangi raqobat sharoitiga moslashishi juda qiyin bo`ladi”, dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun Innovasion rivojlanish vazirligi ishini tubdan o`zgartirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Bunda, vazirlik viloyat “loyiha guruhlari” bilan birga 2022 yilda yangi o`zlashtiriladigan 644 ta mahsulotning (2,6 milliard dollarlik) texnologik echimlari bilan shug`ullanadi.

 

    Boshqa yangiliklar