Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.
Yig`ilishda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi viloyat hokimlari bilan birga yangi quvvatlarni joylashtirish, ularga sharoit yaratish va mahalliy korxonalar bilan kooperasiyani yo`lga qo`yish bo`yicha tizimli ishlashga ko`rsatma berildi.
“Ochiq aytish kerak, mahalliy sanoatimiz ilm va innovasiyadan ajrab qolgani sababli ko`plab korxonalar yangi raqobat sharoitiga moslashishi juda qiyin bo`ladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Shuning uchun Innovasion rivojlanish vazirligi ishini tubdan o`zgartirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.
Vazirlik hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirishda yangi texnologiyalar va amaliy echimlar olib kirish bilan shug`ullanishi zarur.
Bunda, vazirlik viloyat “loyiha guruhlari” bilan birga 2022 yilda yangi o`zlashtiriladigan 644 ta mahsulotning (2,6 milliard dollarlik) texnologik echimlari bilan shug`ullanadi.






