AsosiyJamiyat

Prezident 283 turdagi import mahsulotini mahalliylashtirish vazifasini topshirdi

'Prezident 283 turdagi import mahsulotini mahalliylashtirish vazifasini topshirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida sanoat kooperasiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o`tkazilayotgan videoselektor yig`ilishi ayni paytda davom etmoqda.

Yig`ilishda sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o`rtasida “mahsulotbay” kooperasiyani yo`lga qo`yish zarurligi ta`kidlandi.

 2022 yil uchun 4,4 trln so`mlik kooperasiya shartnomalari tuzish rejalari mutlaqo qoniqarsiz ekanligi, buni 15 trln so`mga etkazish bo`yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Shuning uchun 1 iyulga qadar jami 283 turdagi import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish bo`yicha tayyor biznes-rejalarni tadbirkorlarga taklif etish vazifasi qo`yildi.

Bundan tashqari, sanoat yarmarkalari faoliyati ham tubdan qayta ko`rib chiqishga ko`rsatma berildi.

Tayyor mahsulotlarga xaridor topish bilan birga mahalliylashtirishga tavsiya qilinayotgan mahsulotlar bo`yicha biznes-rejalar ham qilinadi va loyihaga qiziqish bildirgan tadbirkorlar yarmarkaning o`zida banklar bilan moliyalashtirish shartlarini kelishib oladi.  

Buyurtmachilar loyiha tashabbuskorlari bilan 3 yil muddatgacha kafolatli xarid shartnomalarini tuzadi.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga “Ekspomarkaz”ning 1 ta pavilonida doimiy ishlaydigan sanoat yarmarkasini tashkil etish, viloyat markazlarida, shuningdek, sanoat zonalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “shou-rumlari”ni ishga tushirish topshirildi.

Shu bilan birga, 1 apreldan:

  • ️yangi loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish xarajatlarining yarmi, mahalliy korxonalarning mahsulotlarini xorijda sertifikatlash xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.

    Boshqa yangiliklar