Madaniyat va Turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Fox TVda Ismail Kuchukkayaning "Chalar saat" dasturi mehmoni bo`ldi.
Dastur davomida vazir Ersoy, Turkiyaning turizm salohiyatining o`stirish kerakligiga ishora qilib, "Turkiyaning oldiga qoygan maqsadiga kora, 2028-yildagi korsatkichlar 120 million sayyoh va 100 milliard dollar daromad bo`lishi kerak. Bu Turkiya uchun uddalab bolmas maqsad emas. Bu juda oson erishiladigan maqsad. Bu ko`rsatkichlarga sektor va davlat bilan qo`lni qo`lga bergan holda erishamiz. Turkiyaning salohiyati bu borada etarlicha. Biz buni uddalaymiz", - dedi.
Istanbulning epidemiyadan oldin 15 million sayyohni qabul qilganini ta`kidlagan Ersoy, "Bu yilgi maqsadimiz pandemiyadan oldingi korsatkichlarni qayta tiklash. So`nggi 2 yil davomida Turizmni Rivojlantirish Agentligi (TGA) bilan juda qizg`in targ`ibot kampaniyasi olib bormoqdamiz. Hatto natijalarni ham olishni boshladik. Pandemiyaga qaramay, Istanbul koplab etakchi turizm ommaviy axborot vositalarida etakchi manzilga aylanib bormoqda.” deya ta`kidladi.
Istanbulni ko`p jihatdan tanitish zarurligini ta`kidlagan Ersoy, Istanbulning faqat tarixiy va tabiiy go`zalliklarga ega shahar emasligini ta`kidlab, "Asosiy maqsadlarimizdan biri gastronomiya. Bu borada juda jadal tadqiqotlarimiz hali oldinda. 21-27 may kunlari Turk oshxonasi haftaligi sifatida nishonlanadi va shu bilan birga, ayniqsa, Istanbul va ba`zi viloyatlarda "GastroCity" qurish harakatidamiz." dedi.
Vazir Ersoy, 2021-yilning 29-oktyabr kuni bo`lib o`tgan Beyog`lu Madaniy Yo`li Festivaliga 7,8 million kishining tashrif buyurganligiga e`tibor qaratdi va “Ushbu festivalning ikkinchisi 28 maydan 12 iyungacha bo`lib o`tadi. Istanbulning yonida Poytaxt Madaniyat Yo`li festivalini o`tkazamiz. U, 4,7 kilometrlik marshrutga ega. 2023-yilda esa Izmir va Diyarbakir bu festivallarga kiritiladi." deb ta`kidladi.






