Rossiyada Visa va Mastercard to`lov tizimlari hamda Western Union platformasi o`z faoliyatini to`xtatdi. Rossiyadagi o`zbekistonliklar vatanga pul yuborish uchun hozirda qaysi xizmatlardan foydalanishlari mumkin?
O`zbekiston banklarining ma`lum qilishicha, Rossiyadagi o`zbekistonliklar Moneygram, Unistream, Contact, «Zolotaya korona», Ria va Asia Express to`lov tizimlari, Paycent, «Sber onlayn» va «Zolotaya korona» mobil dasturlari orqali O`zbekistonga pul o`tkazishlari mumkin.
«Rossiya va O`zbekiston banklari o`rtasidagi pul o`tkazmalari bo`yicha hech qanday cheklovlar yo`q», — deya ta`kidlagan banklardan birining vakili.






